Pike Ronalduni maqtadi. O'zi esa hujumda o'ynamoqchi

EChL nimchorak finalining javob o'yinida "Lion" darvozasiga gol urgan (5:1) "Barselona" himoyachisi Jerar Pike fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agar Suares charchab qolganini sezsam, murabbiydan meni hujumga o'tkazishini so'rayman. Umid qilamanki, uni ko'ndiraman.

Menda ustunlik paydo bo'lganini, gol urish imkoniyatini seza olaman. Hujumga yordam berish menga doim yoqqan.

Krishtianu? Katta yulduzlar muhim rol o'ynaydilar. Ammo ular sovringa bir o'zi etisha olmaydilar.

Jamoangda Messiga o'xshaganlar bo'lsa, bu senga ishonch va kerakli vaqtda xotirjamlik beradi. Uning ishlari aqlga sig'maydi. U ajoyib o'yin o'tkazdi. Ikkita gol, ikkita assist va yana bir to'pni chiziqdan qaytarib qolishdi", - deydi Pike.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив