Sanening onasi o'g'lining "Man Siti" bilan shartnoma imzolashini ortga surmoqda

"Manchester Siti" klubi yarimhimoyachi Leroy Sane bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.

Shartnomaning uzaytirilishi 23 yoshli futbolchining onasi Regina Veber tomonidan ortga surilmoqda. Ko'rinishidan, ona o'g'lining agenti sifatida ish olib bormoqda.

Goal.com xabariga ko'ra, Sanening "Man Siti"dagi kelajagi borasida muzokaralarda uning otasi, Senegal termasining sobiq hujumchisi Sulaymon Sane ham ishtirok etmoqda.

Veber - sobiq sportchi, Olimpiada-1984da badiiy gimnastika bo'yicha bronza medalini qo'lga kiritgan.

Sanening amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив