«Liverpul» sardoridan ayrildi

“Liverpul” yarim himoyachisi Jordan Xenderson “Bavariya”ga qarshi o'yinda jarohatlandi.

28 yoshli futbolchi uchrashuvning 6-daqiqasida jarohat oldi ammo, maydonni tark etmadi. Biroq, etti daqiqadan so'ng o'yinni davom ettirolmay o'z o'rnini Fabinoga bo'shatib berdi. Uning jarohat tafsilotlari va jarohatidan qachon forig' bo'lishi noma'lum.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Xenderson 25 ta o'yinda maydonga tushdi va hech qanday natija qayd etmadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив