Neymar uch o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

"PSJ" hujumchisi Neymar parijliklarning EChL nimchorak finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi javob uchrashuvida so'ng internet tarmog'ida yozib qoldirgan posti uchun jazolanishi mumkin.

The Times nashrining xabariga ko'ra, ayni paytda UEFA braziliyalikni uch o'yinga chetlashtirish variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'yinda hakam Damir Skomina qo'shib berilgan vaqtlarda "MYu" foydasiga penalti belgilagan. Penaltidan urilgan gol manchesterliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Neymar jarohati sababli ushbu o'yinda ishtirok etmagan va o'yindan so'ng Instagram ijtimoiy tarmog'ida hakamlar sha'niga noma'qul so'zlar yozgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив