«Qo'qon-1912» navbatdagi «vodiy derbisi»ga tayyorgarlikni boshlab yubordi

“Qo'qon-1912” ertadan boshlab navbatdagi “vodiy derbi”siga tayyorgarlikni boshlaydi. Dastlab jamoa a'zolari 15-25 mart kunlari Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.

Qo'qonliklarToshkentdagi yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirib qo'ygan.

“Qo'qon-1912” – “Andijon” jamoalari o'rtasidagi “derbi” , 31 mart kuni Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.

“Shunqorlar” ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun 26 mart kunidan mashg'ulotlarni Farg'ona shahriga ko'chirishadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив