Sambochilarimiz Moskvada o'tkaziladigan jahon kubogida qatnashadi

Joriy yilning 22-23 mart kunlari Rossiya poytaxtida sambo bo'yicha jahon kubogi uchun bellashuvlar bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Sambo sporti asoschilaridan biri A.A.Xarlampiev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan musobaqada Armaniston, Belarus, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kuba, Kamerun, Qozog'iston, Koreya, Moldova, Marokash, Niderlandiya, Rossiya, Ukraina, Filippin, Yaponiya kabi jami 21 davlatdan 250 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Erkaklar (52, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg) va ayollar o'rtasida (48, 52, 56, 56, 60, 64, 68, 72, 80 va +80 kg), shuningdek jangovar sambo (52 gacha, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida) bo'yicha o'tadigan bellashuvlarda bir necha bor jahon va Evropa chempionligini qo'lga kiritgan sport ustalari ishtirok etishadi.

Jahon kubogida Roman Shakirov murabbiyligida quyidagi 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Erkaklar:

- 62 kg: Davlatjon Hamroev

- 68 kg: Timur Xudoyqulov

- 74 kg: Abbos Jalolov

- 90 kg: Ne'mat Yoqubov

Ayollar:

-52 kg: Zuxraxon Ma'murjonova

-60 kg: Zarnigor O'rmonova

Jangovar sambo:

- 74 kg: Istam Qudratov

– 82 kg: Bekzod Nurmatov

+100 kg: Hakimjon Ismoilov

Ma'lumot uchun, 1983 yilda “A” toifa darajasi berilgan mazkur musobaqa g'oliblariga xalqaro toifada sport ustasi unvoni beriladi. 2009 yildan boshlab “Xarlampiev memoriali” sambo bo'yicha jahon kubogi va superkubogi bosqichlari orasida eng nufuzlisi, deya tan olingan. 2015 yildan esa mazkur turnir ushbu sport turi bo'yicha rasmiy va yagona jahon kubogi hisoblanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив