«Sherdor» nazorat uchrashuvida mag'lub bo'ldi

14 mart kuni “Dinamo” jamoasi o'rinbosarlari sanalmish “Dinamo” U-21 jamoasi Samarqandning Pro-Liga A ishtirokchisi sanalmish yana bir klubi “Sherdor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tayloqdagi “Bog'izog'on” stadionida o'tgan nazorat bahsida har ikki jamoa murabbiylari bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi.

O'yinda hisobni yosh “dinamochilar” ochishdi. 41-daqiqada tezkor yarimhimoyachi Jasur Ashurov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning boshida yana bir yosh hujumchi Otabek Ravshanov hisobni 2:0ga etkazdi. «Sherdor» jamoasi 56-daqiqaga kelib hisobni 2:1ga qisqartirdi. Nazorat o'yini yakunigacha hisob boshqa o'zgarmadi va yosh "Dinamochilar" g'alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi. 14 mart (payshanba)

Tayloq tumani, Bog'izog'on o'yingohi.

«DINAMO» (U-21) – «ShERDOR» - 2:1

Gollar: Jasur Ashurov 41, Otabek Ravshanov 46 – 56.

«Dinamo» (yoshlar): Alijon Alimuhammedov (Farhod Rahmatov, 46), Azim Tillaev, Rafael Devlikamov (Doniyor Adashev, 69), Orzu Ahmedov, Humoyun Tolibov, Orzumurod Asqarov (Feruz Saidov, 58), Anvar Murodov (Hasan Hojiev, 66), Jasur Ashurov (Shahzod Raupov, 69), Otabek Ravshanov, Mehroj Xudoyberdiev (Islom Sharipov, 71), Daler Almosjonov (Sherbek Lapasov, 71).

«Sherdor»: Ravshan Yagudin, Bunyod Isroilov, Qilichev, Firdavs Abdusalimov, G'olib Sariboev, Saddam Boymamatov, Nurbek Olmosov, Jasur Qurbonov, Farrux Faxrutdinov, Rajabov, Abdullo Nabiev.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив