Dembele 3-4 haftaga safdan chiqdi

«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele Evropa chempionlar ligasi doirasida «Lion»ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Kataloniyaliklar rasmiy saytining xabar tarqatishicha, futbolchining chap oyog'i son qismidagi mushagida cho'zilish ro'y bergan. Shu bois, Dembele 3-4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

Usmon Dembele ushbu mavsumda «Barselona» safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив