«Buxoro» yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi (foto)

"Buxoro" futbol klubi  jamoaga yangi taklif qilingan futbolchilariniing taqdimot marosimini o'tqazdi.

Yoshlar markazida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Buxoro viloyati hokimligi vakillari, klub rahbariyati va OAV vakillari qatnashdi.

Tadbir oxirida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor A'zamovichga so'z berildi.   

A'zamovich: “Barchani yaqinlashib kelayotgan Navro'z ayyomi bilan tabriklayman, sizlarga sixat-salomatlik, xonadonlarizga tinchlik xotirjamlik tilayman va umid qilamanki jamoaga taklif qilingan yigitlar rahbariyat ishonchini, murabbiylar ishonchini oqlashadi va muxlislarga manzur bo'ladigan jangovor futbol namoyish etishadi. Klub rahbariyatiga tayyorgarlik jarayonida,selektsiya jarayonida katta erdam kilishgani uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.Jamoamiz muxlislari bizni doim qo'llab quvvatlab turishsa, biz har bir o'yinda g'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.Ishonch uchun raxbariyatga va jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiraman

Futbolchilarga quyidagi raqamdagi futbolkalar topshirildi:               

29-raqamda Volodimir Baenko (Ukraina)

2-raqamda Ivan Fatich  (Chernogoriya)

90-raqamda Artyom Kulesha (Rossiya)

7-raqamda Ivan Nagaev

46-raqamda Xurshid Xodjaev

10-raqamda Firdavs Asadov

79-raqamda   Jaxongir Abdumo'minov

3-raqamda Azamat Isroilov

35-raqamda  Rahimjon Davronov

99-raqamda  Doston Ibragimov

9-raqamda Asadbek Sobirjonov

33-raqamda Tohirjon Shamshitdinov

70-raqamda Akram Baxritdinov

17-raqamda Jamoliddin Ubaydullaev

12-raqamda  Nodirjon Ashurmatov.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив