«Napoli»ning birdaniga uch nafar futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi

“Napoli”ning birdaniga uch nafar futbolchisi jarohat olganligi tufayli kamida uch haftaga safdan chiqdi.

Lorentso Insine boldir mushaklaridan jarohat olgan. U safga 3 haftadan keyin qaytishi mumkin.

“Red Bull Zaltsburg”ga qarshi kechgan bahsda “neapoliklar”ning yana ikkita futbolchisi jarohatlandi.

Himoyachi Vlad Kirikesh ham boldiridan aziyat chekkan va uni ham tiklanishi uchun uch hafta kerak bo'ladi.

Yarim himoyachi Amadu Diavara – to'pig' suyaklaridan jarohat olgan. Uch haftadan so'ng u qaytadan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив