Serxio Ramos – La Ligada 300 ta o'yinda g'alaba qozondi

“Real” La Liganing 28-turida “Selta”ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu g'alaba madridliklar sardori Serxio Ramos uchun 300-g'alaba bo'ldi. Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi ushbu natijaga erishgan sakkizinchi futbolchiga aylandi.

Ramos Ispaniya chempionatida “Sevilya” bilan 39 ta o'yindan 19 tasida g'alaba qozongan. “Real” bilan esa 419 ta o'yinda 281 tasida muvaffaqiyatga erishgan.

La Ligada Ramosgacha bu natijani: Manuel Sanchis va Andres Inesta (312), Xavi (322), Raul (327), Lionel Messi (332), Andoni Subisarreta (333) va Iker Kasilyas (334) qayd etgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив