Jizzaxda yosh gandbolchilar mamlakat chempionligi uchun bahs olib borishyapti

Jizzaxda gandbol bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlandi. Viloyat markazidagi Olimpiya zaxiralari maktab-internati sport zalida musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston gandbol federatsiyasi hamdaJizzax Olimpiya zaxiralari maktab-internati mas'ul vakillari ishtirok etishdi. Ochilish marosimi dasturidan o'rin olgan badiiy gimnastika, U-shu, taekvondo VTF kabi sport turlari bo'yicha yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlar yig'ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Aytib o'tish joiz, mazkur musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Chempionat doirasida yaqinda xorijda malaka oshirib kelgan O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari Ulug'bek Ikromov hamda Zafar Azimov ishtirokida murabbiylar bilan amaliy va nazariy mashg'ulotlar o'tkazish ham rejalashtirilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив