Andrey Miklyaev: «Natijadan qoniqdim»

“Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

“Juda jangovar ruhdagi o'yin o'tkazdik. Uchrashuv shunday kechishini oldindan bilgan holda hozirlik olib borgan ham edik. Zero “Paxtakor” yurtimizning bayroqdor jamoasi. Qayd etilgan natijadan qoniqdim, deya olaman.

Faqat o'yin davomida bir qator jihatlar ustida hali ishlashimiz lozim ekani ko'rindi. Ayniqsa, himoyadan tezkor hujumga o'tishda hali yana ishlashimiz zarur ekan. Lekin mudofaada ancha yaxshi harakat qila oldik.

O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubormadik. Shunaqangi raqobatbardosh jamoa tuzishga bo'lgan harakatimizni davom ettiramiz”, - dedi mutaxassis. 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив