Aziz To'xtaboev: «Keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz»

“Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng mezbonlar jamoasi katta murabbiyi Aziz To'xtaboev quyidagicha fikr bildirdi:  

-  Birinchi taymda o'yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch etishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o'yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o'girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Mag'lubiyatda birinchi navbatda murabbiylar aybdor bo'ladi. Agar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Uchrashuv davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tahlil qilib, keyingi o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizga sabr tilaymiz. Bu vaziyatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Barcha ishqibozlarimizga katta rahmat. Har doim bizni yaxshi qo'llab turishibdi. 

Mag'lubiyatda himoyachilar yoki darvozabonni ayblamagan bo'lardim. Maydonda 11 kishi o'ynaydi. Futbol jamoaviy o'yin. Natijada barcha birdek aybdor, - dedi mutaxassis. 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив