Mirjalol Qosimov: «Chempionga qarshi mehmonda to'p surish oson emas»

“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o'tdi: 

Chempionga qarshi mehmonda to'p surish oson emas. Bugun o'yinni yaxshi boshlagan edik. Raqib darvozasiga gol ham urdik.

Lekin “Lokomotiv” jamoasi mahoratli futbolchilari borligi va ancha vaqtdan beri bir xil tarkibda o'ynab kelayotganiga vaziyatdan chiqib ketti.

Yana standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. O'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida bu jihat ustida ishlagan edik. Raqib safida jarimani yaxshi tepadigan futbolchilar borligini bilardik.

Lekin baribir birinchi bo'lim so'nggida raqib gol urib ketdi. “Lokomotiv”ni g'alaba bilan tabriklayman. Qolaversa, Olmaliqdan tashrif buyurgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив