Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

O'FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgani haqida xabar berib o'tgandik. 

O'yindan so'ng Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To'ra Bobolov, O'FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan birgalikda viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Bu erda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya binosini tez orada qayta ta'mirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi maydonlar qurish masalalari muhokama qilindi va bu masalalar bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив