«Rostov» Shomurodovning goli evaziga «Spartak»ni mag'lub etdi (video)

Rossiya chempionatining 23-turi doirasida "Rostov" o'z maydonida "Spartak"ni qabul qildi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida rostovliklar hisobni ochdi: burchakdan etkazilgan uzatmani Gatskan darvozaga joylab qo'ydi. Moskvaliklar birinchi bo'limning o'zida Zobnin tomonidan urilgan gol evaziga hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida Ionov o'rniga Eldor Shomurodov tushirildi. Bahs tugashiga 10 daqiqa qolganida o'zbekistonlik futbolchi "Rostov"ning goliga mualliflik qildi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni hamyurtimiz bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda spartakchilar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Zobnin yakkama-yakka vaziyatda atigi 5 metrdan darvozani ishg'ol eta olmadi.

Ushbu g'alabadan keyin "Rostov" o'z ochkolarini 35taga etkazib oldi. Karpin jamoasi 5-o'rindagi "Spartak"dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Rossiya chempionati, 23-tur
Rostov – Spartak 2:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 13 Gatskan, 1:1 – 27 Zobnin, 2:1 – 80 Eldor Shomurodov.
Rostov – Pesyakov, Chernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Eremenko, Gatskan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (Shomurodov, 63), Glebov (Zuev, 77).
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovitskiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).
Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Eremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив