«So'g'diyona»ning yangi murabbiyi aniq bo'lgan. U ertaga tanishtiriladi

Jizzaxning «So'g'diyona» klubi Superliga 4-turidan o'rin olgan «Dinamo»ga qarshi o'yindan so'ng (0:1) jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchanni iste'foga chiqardi. Murabbiy o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shatilgan.

«Bo'rilar»ning yangi murabbiyi nomi ma'lum. «Erudit Sport» gazetasining yozishicha, Ulug'bek Baqoev «So'g'diyona» bosh murabbiyiga aylangan. U ertaga rasman bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi. Baqoev o'tgan mavsum yakunida «Buxoro»dan ketgan va shundan buyon hech qaerda faoliyat yuritmayotgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив