Eldor Shomurodov: «Ikkinchi golni urgan jamoa yutishini sezgandim»

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining 23-turi doirasida bo'lib o'tgan «Spartak»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. O'zbekistonlik futbolchi bu bahsda jamoasining g'alabani golini urishga muvaffaq bo'ldi.

– Mening golim? Roman Eremenko qanotdan yaxshi uzatma berdi. Men to'pga bosh qo'ydim. Bosh bilan zarba berganimdayoq gol bo'lishini sezgandim. To'p tezligi yuqori bo'lgandi.

– Maydonga tushishingizdan oldin Valeriy Karpin sizga nimalar dedi?
– Murabbiy menga hamisha maydonga tushib, jamoaga yordam berishim kerakligini, gol urishim lozimligini aytadi. Bugun g'alaba to'pini kiritganimdan xursandman.

– Maydonga tushish oldidan hayajonlandingizmi?
– Rostovlik muxlislar oldida hamisha hayajonlanasan. Lekin tezda o'zimga kelib olib, e'tiborimni o'yinga qaratdim.

– O'yin natijasi haqqoniymi?
– Ikkinchi golni urgan jamoa g'alaba qozonishini tushunib turgandim. Aynan shunday bo'lib chiqdi. «Spartak» yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo biz tezkor qarshi hujumlar uyushtirdik.

– O'yin «Igra Prestolov» seriali uslubida bo'ldi...
– Bu serialni tomosha qilaman. U menga yoqadi. Ammo o'zimni kimgadir o'xshata olmayman.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив