«PSJ» chempionlikni rasmiylashtiradigan o'yinda yirik hisobda yutqazdi (video)

Frantsiya chempionatining 32-turi doirasida jadvalda peshqadamlik qilayotgan jamoalar o'zaro to'qnash kelishdi. "Lill" o'z maydonida "PSJ"ni qabul qildi.

Parijliklar mazkur o'yinda durang natija qayd etsalar ham, chempionat tugashiga 6ta tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirgan bo'lardilar. Shu bois bo'lsa kerak, Tomas Tuxel maydonga asosiy tarkibni tushirdi.

Bahsning 7-daqiqasida Menyo o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yib, "Lill"ning oldinga o'tib olishini ta'minladi. Oradan 4 daqiqa o'tib Bernat hisobni tenglashtirdi. Keyin esa "PSJ" uchun omadsizliklar boshlandi. Dastlab jamoa sardori Tiago Silva, oradan ko'p o'tmasdan Tomas Menyo jarohat olib maydonni tark etishdi. Bahsning 36-daqiqasida esa Bernat yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Nikolya Peleni so'nggi umid kushandasi sifatida yiqitdi. Shuning uchun u maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo'limda esa "Lill" raqib darvozasini bir emas, ikki emas, naq 4 marta ishg'ol qilib, hisobni 5:1 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Shu tariqa, "PSJ" chempionlik masalasini keyingi o'yinga qoldirdi. Jamoa 17 aprel kunri 28-turning qoldirilgan bahsi doirasida "Nant" mehmoni bo'ladi.

Frantsiya chempionati, 32-tur
Lill – PSJ 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Mene, 1:1 – 11 Bernat, 2:1 – 51 Pepe, 3:1 – 65 Bamba, 4:1 – 71 Gabriel, 5:1 – 84 Fonte.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro (Gabriel, 45), Kone, Tiago Mendes, Sheka (Sumare, 69), Pepe, Ikone (Ruy Fonte, 66), Bamba, Remi.
PSJ – Areolya, Dagba, Tiago Silva (Kerer, 16), Kimpembe, Mene (Diabi, 24), Paredes, Verratti, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kurzava, 85), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tiago Mendes (45), Mbappe (45), Draksler (77), Verratti (81).
Chetlatish: Bernat (36).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив