"Oltin butsa" uchun kurash. Mbappe Messining o'ynamaganidan foydalana olmadi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Evropaning eng yaxshi to'purariga beriladigan mukofot - "Oltin butsa" uchun kurashda ishonch bilan etakchilik qilmoqda.

Argentinalik futbolchi Primeraning 32-turida "Ueska"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi. Uning eng yaqin ta'qibchisi - "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bundan foydalana olmadi. Frantsiyalik futbolchi mamlakat chempionatida "Lill"ga qarshi o'yinda gol ura olmadi.

"Oltin butsa" uchun da'vogarlar 12 taligi shunday ko'rinishda:

1. Lionel Messi («Barselona»): 33 gol (x2,0) / 66 ochko
2. Kilian Mbappe («PSJ»): 27 (x2,0) / 54
3. Fabio Kvalyarella («Sampdoriya»): 22 (x2,0) / 44
4-5. Kshishtof Pyontek («Milan»): 21 (x2,0) / 42
4-5. Robert Levandovski («Bavariya»): 21 (x2,0) / 42
6-7. Duvan Sapata («Atalanta»): 20 (x2,0) / 40
6-7. Luis Suares («Barselona»): 20 (x2,0) / 40
8-9. Mbaye Dyan («Galatasaray»): 26 (x1,5) / 39
8-9. Lyuk de Yong (PSV «Eyndxoven»): 26 (x1,5) / 39
10-12. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»): 19 (x2,0) / 38
10-12. Serxio Aguero («Manchester Siti»): 19 golov (x2,0) / 38 ochkov
10-12. Moxamed Salax («Liverpul»): 19 golov (x2,0) / 38 ochkov.

Reytingda ochkolar quyidagi formulada hisoblanadi: Urilgan gollar soni chempionatning kuch koeffitsientiga ko'paytiriladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив