«Barselona» Yovich uchun kurashdan chetga chiqdi

«Barselona» klubi huquqiy jihatidan «Benfika»ga tegishli bo'lgan «Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovichga bo'lgan qiziqishni yo'qotdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Kataloniyaliklar tomonidan amalga oshirilgan tahlil natijasiga ko'ra serbiyalik futbolchi to'pni qabul qilish uchun maydon markaziga qaytmaydi. Bu esa "ko'k-anorranglilar" hujumchilariga qo'yiladigan eng asosiy talab hisoblanadi. Shuningdek, Yovich "Benfika"da o'ynagan paytida ushbu mavsumdagidek yuqori samaradorlik namoyish qilmagani "Barsa" rahbariyatini hayron qoldirdi.

Shu tariqa, 21 yoshli futbolchi uchun kurashda «Real» va «Bavariya» klublari qoldi. "Qaymoqranglilar" yozgi transfer paytida hujumchini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi.

Yovich ushbu mavsumda Germaniya chempionati doirasida 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив