Ter Shtegen: «Biz PSJ emasmiz»

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegen "Manchester Yunayted"ga qarshi kechadigan EChL chorak final javob uchrashuvi oldidan o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Biz g'alaba qozonishni juda istayotgan raqibga qarshi maydonga tushamiz. Bizchi, yutishni istamaymizmi? 

Ha, ular bir nechta o'yinlarni safarda yuta olishdi. Lekin, biz javob o'yinida himoyaga yotib olishni xohlamaymiz. 

Ikki jamoani ham qiyin uchrashuv kutmoqda. "MYu"da tezkor futbolchilar bor, ularni nazoratdan qochirmaslik kerak. 

Lekin, bitta yaxshi xabar ham bor: biz sizga "PSJ" emasmiz. To'g'ri, vaziyat qaltis, ustunlik kichkina. Shunchaki to'pni ushlab o'ynasak bo'ldi, vaziyatlar paydo bo'ladi", - deydi ter Stegen.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив