«Buxoro» — «Lokomotiv». Liboslar rangi tanlandi

Ushbu haftada CocaCola Superligada 5-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

5-tur doirasida 18 aprel, payshanba kuni “Buxoro” o'z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs yuritadi. Ushbu uchrashuvda buxoroliklar to'liq ko'k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. “Temiryo'lchilar” esa oq futbolka, yashil shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi. 

Ta'kidlash joiz, “Buxoro” — “Lokomotiv” bahsi 18 aprel, payshanba kuni soat 19:15da bo'lib o'tadi. 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив