G'iyosjon Komilov: «Maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz»

Jamoamiz a'zolari 21 aprel kuni o'tkaziladigan 5-tur doirasidagi “Surxon”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlikni bugundan boshlashdi. Andrey Kanchelskis shogirdlari mazkur o'yinga tayyorgarlik doirasidagi ilk mashg'ulotni bugun To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” stadionida o'tkazishdi. Mashg'ulotlar o'z yakuniga etgach, “lochinlar”ning tajribali himoyachisi G'iyosjon Komilovdan qisqacha intervyu oldik. U o'z fikrlarini quyidagicha bayon etdi.

- O'tgan turdagi bahsda g'alaba qozonib, muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lgandi. “Surxon”ga qarshi kechadigan navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni bugundan boshladik. Bo'lajak uchrashuvda ham maydonga g'alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив