Keldiyorova finalda, Lutfillaev bronza medali uchun kurashadi

BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kun doirasida saralash bahslari ortda qoldi. Quvonarlisi, kechki dasturda 2 nafar dzyudochimiz yuqori probali medallar uchun kurash olib borishadi.

-52 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova Avstraliya, Janubiy Koreya, KXDR vakilalarini mag'lub etib finalga etib keldi. Hamyurtimiz oltin medal uchun mo'g'ilistonlik Sosorbaram Lxagvasuren bilan kurashadi.

-60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfillaev yarim finalda imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, shohsupaga ko'tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Vakilimiz bronza medali uchun kechadigan bahsda qozog'istonlik Gusman Kirgizbaevga qarshi tatamiga chiqadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив