«Lokomotiv» OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etadi

22 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasida “Lokomotiv” – “Al Ittihod” uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Lokomotiv” uchun nihoyatda muhim bo'lgan bahs “Lokomotiv” stadionida o'tkaziladi va 18:00da boshlanadi. Ertaga, ya'ni 21 aprel kuni esa o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etiladi.

“Lokomotiv” stadioni matbuot anjumanlar zalida o'tkaziladigan tadbir soat 16:00da boshlanadi. Bunda dastlab “Al Ittihod” bosh murabbiyi Jose Luis Pando hamda jamoaning bir nafar futbolchisi savollarga javob qaytaradi.

Soat 16:20 dan boshlab esa “Lokomotiv” ustozi Andrey Fyodorov hamda jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biri jurnalistlar bilan muloqot qiladi. Mazkur matbuot anjumaniga sport sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etib qolamiz.

Ertaga shuningdek, har ikki jamoa “Lokomotiv” stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. “Lokomotiv” ishtirokidagi mashg'ulot soat 16:45da, “Al Ittihod” mashg'uloti soat 18:00da boshlanadi. Har ikki mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив