«Atletiko» Grizmann o'rniga Dibalani olib kelmoqchi

“Atletiko” “Yuventus” futbolchisi  Paulo Dibalani olib kelish haqida o'ylab qoldi.

El Mundo nashrining xabariga ko'ra, Dibala jamoadan ketishi aniq bo'lgan Grizmanning o'rnini egallashi mumkin.

Avvalroq, argentinalik futbolchi “Yuventus”dagi o'rnidan norozi bo'lib jamoadan ketmoqchi ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.  Joriy mavsum Dibala 40ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi. Qolaversa, 6ta golga ham mualliflik qildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив