14 yoshli bolboy hissasi

Trent Aleksander-Arnold lidslik maktab o'quvchisi oldida qarzdor. «Barselona»ni ChL finalidan mahrum etgan «Liverpul»ning o'yindagi 4-golini eslang: burchak to'pidan foydalanishning antiqa yo'li. 20 yoshli himoyachi Trent Aleksander-Arnold barchani aldadi: ikki bora fikridan qaytdi va to'pni darhol Divok Origi tomon uzatdi. Belgiyalik futbolchi esa, bemalol «dubl»ni rasmiylashtirdi, chunonchi, kataloniyaliklar shunchaki, «uxlab» qolishgandi...

Olamshumul «kambek» taqdim etgan o'yindan keyin hamma o'sha burchak to'pini muhokama qilishga tushdi. To'p o'yinga kiritilishidan oldingi holat: shundoq reklama taxtasi oldida (odatdagidek orqasida emas) o'tirgan bolboy britaniyalik himoyachi raqib orqali «aut» ishlagach, unga darhol boshqa to'p uzatdi. Demakki, «Liverpul» tahlilchisi «Barsa»ga qarshi o'yindan oldin «Enfild»da to'p uzatib turadigan yosh yigitlarni alohida tayyorlagan. Har holda, «Liverpul»ga yordam berish uchun nima qilish zarurligi haqida ko'rsatma bergani aniq. Xullas, Britaniya mediasi uchrashuvdan keyin lidslik 14 yoshli o'smirni  Origining ikkinchi goliga ikkinchi assistent sifatida e'tirof etdi. Oukli Kanone hozirda «Liverpul» maktabida shug'ullanmoqda. U bolboy sifatida yaxshi bo'lish barobarida tez-tez U-16 toifasidagi jamoa safida maydonga tushadi. O'zidan 2 yosh katta bolalar bilan o'ynamoqdami, demak, kelajagiga ishonch katta.

Darvoqe, Lionel Messi ham endi Oukli Kanoneni eslab qolsa kerak. Binobarin, hakamning final hushtagi yangragach, umidli iqtidor maydonga yugurib tushib, aynan argentinalikka 4ta barmog'ini ko'rsatdi - 4ta golga ishora. Ha, qo'rs bola! «Liverpul» akademiyasi murabbiyi endi klub rahbariyatidan Ouklini Madriddagi ChL finaliga olib borishni so'ramoqchi. Ko'rinishidan, bolakayga Yurgen Klopp jamoasining omad timsoli o'rnida qarashmoqda, shekilli.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив