Ten Xag «Ayaks»dan ketmaydi

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani tark etmoqchi emas.

«Mening nomimni «Barselona», «Bavariya» va «Chelsi» kabi jamoalar bilan bog'lashayotgani — bu yaxshi. Ammo mening klub bilan amaldagi shartnomam mavjud. «Ayaks»dagi faoliyatim ajoyib kechmoqda. Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman va jamoa rahbariyati bilan yangi rejalarni muhokama qilyapmiz. Hozir jamoani tark etmoqchi emasman», – dedi ten Xag.

49 yoshli mutaxassis 2017 yilning dekabr oyida «Ayaks»ni qabul qilgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2020 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan. Erik ten Xag qo'lostida jamoa Gollandiya kubogini qo'lga kiritib, Evropa  chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bordi. «Ayaks» bugun so'nggi tur doirasida "Xerakles" bilan kamida durang o'ynasa ham Gollandiya chempioniga aylanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив