Marafonchilarimiz Qirg'izistondagi xalqaro musobaqada sovrindor bo'lishdi

Qirg'izistonning Cho'lpon-Ota shahrida engil atletikaning marafon yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. «Run the Silk road» nomi ostida sakkizinchi bor tashkil etilgan bu yilgi musobaqada terma jamoamiz vakillari ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Reglamentga ko'ra, musobaqa 42, 21 va 10 kilometr masofalarga o'tkazildi.

Eng uzoq masofaga kechgan bahsda hamyurtlarimiz Shohruh Davlatov va Andrey Petrov marra chizig'ini ikkinchi va uchinchi bo'lib kesib o'tishdi.

Ayollar o'rtasida 21 kilometr masofadagi bellashuvda ham terma jamoamiz vakillari Nurxon Muhiddinova hamda Tamila Qo'chqorova kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldilar.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив