Turkiya – O'zbekiston. «Sport Tv» o'yinni olib beradi..mi?

Xabaringiz bor, shu yilning 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Mazkur bahs "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi. 

Ma'lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog'onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Italiyaning "Milan", "Sassuolo", Angliyaning "Everton", "Lester", Frantsiyaning "Lill", Germaniyaning "Shtutgart", Ispaniyaning "Selta" kabi klublarida to'p suradigan kuchli futbolchilar bor. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив