«Atletiko» Godin o'rniga futbolchi sotib oldi

“Portu” himoyachisi Felipe Monteyro yozgi transferlar vaqtida “Atletiko” futbolchisiga aylanadi. 

UOL’ning ma'lumotiga qaraganda, tomonlar 29 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishib bo'lgan. “Matraschilar” portugaliyalik futbolchi uchun 20 mln evro to'laydi. 

Ushbu transfer Portugaliya kubogi finalidan keyin  rasman e'lon qilinadi. Biroq Monteyro “Atletiko”da tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi va 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Monteyro Portugaliya chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 1 ta golga assisentlik qildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив