Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Surxondaryoda seminar o'tkazdi

Ayni kunlarda serbiyalik mutaxassis, professor Voya Miloslavlevich mamlakatimizning turli hududlarida bolalar futbol murabbiylari uchun turli seminarlar o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik. 

Ana shunday seminarlarning navbatdagisi Surxondaryoning Termiz shahrida bo'lib o'tdi. Seminar davomida serbiyalik mutaxassis futbolni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va bu borada e'tibor qaratish lozim bo'lgan asosiy jihatlar haqida so'z yuritdi.

Shuningdek, futbolchilarni jismoniy va funktsional rivojlanishiga qaratilgan dastur, mazkur dastur asosida mashg'ulotlar o'tkazishning o'ziga xos jihatlari bo'yicha fikr almashildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив