WBC yangi reytingida Azizbek Abdug'ofurov ko'tarildi, Shahram G'iyosov va Murodjon Ahmadaliev ilk marta reytingdan joy oldi

Professional boksning nufuzli yo'nalishi sanalgan WBC aperl oyi uchun yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik to'rt nafar bokschi mazkur reytingdan o'rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan o'zbekistonlik Azizbek Abdug'ofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog'onasidan bitta o'rin yuqorilab, 4-pog'onaga joylashgan. WBC Silver kamari sohibi bo'lgan Azizbek yaqin vaqtlar ichida kamarini himoya qilishi shart bo'ladi.

Yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi o'rni — 4 o'rnini saqlab. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-o'rinlarni egallab turibdi.

WBC reytingidan ilk marta yana ikki nafar o'zbekistonlik bokschi joy oldi. Ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliev (6-0, 5 KO) mazkur reytingda 22-o'rinda qayd qilingan bo'lsa, super engil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram G'iyosov (8-0, 6 KO) 34-pog'onadan joy olgan. Ahmadaliev ayni vaqtda WBA yo'nalishi reytingida 2-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Shahram G'iyosov o'z vaznida 14-pog'onadan joy olgan.

WBC yo'nalishi bo'yicha reytingda o'zbekistonlik boshqa bokschilar o'rin olishmagan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив