Taekvondo bo'yicha jahon chempionatini g'alaba bilan boshladik

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Biroz avval ushbu kun doirasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan vakilimiz Suhrob Bobobekov (-58 kg) birinchi jangini o'tkazdi.

Estoniyalik Aleksandr Galaktionovga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz 24:5 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Shu o'rinda musobaqa davomida ishtirok etadigan boshqa taekvondochilarimizga ham mana shunday muvaffaqiyatli yurishlar tilab qolamiz.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив