«PSJ» Grizmanni «Barselona»dan tortib olmoqchi

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmannga "PSJ" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Shu bois, "Barselona" klubi frantsiyalik futbolchi uchun kurashda "Pari Sen Jermen" bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatdi.

Nashrning "PSJ"ga yaqin manbaga asoslanib xabar tarqatishicha, jamoa Grizmanning transferi uchun pul ajratishga tayyor. Antuan ushbu mavsum so'ngida "Atletiko"ni tark etayotganini ma'lum qilgandi.

"Barselona" futbolchini qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ko'rmoqchi. Jumladan, agar "matraschilar"ga ma'qul kelsa, kataloniyaliklar Grizmanning o'rniga Filippe Koutinoni taklif qilmoqchi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив