Ronaldu "Real" futbolchilarini "Yuventus"da ko'rmoqchi

"Real" yarim himoyachisi Isko yozda "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda "Don Balon" nashri xabar tarqatdi. Manbaning yozishicha, Iskoning transferini Ronaldu istamoqda.

"Yuventus" Isko uchun 60 mln evro to'lashga tayyor. "Real" esa futbolchini 80 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. "Qirollik klubi" yozda tarkibni kuchaytirmoqchi, qimmatroq narxga futbolchilar xarid qilmoqchi, shuning uchun moliyaviy muvozanatni saqlash uchun Iskoni sotishga qarshi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu Turin klubidan Marselo, Isko, Asensio va Navasni sotib olishni so'ragan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив