Messi Ronalduga javob qaytardi

Yodingizda bo'lsa «Yuventus» futbolchisi Ronaldu «Roma» klubiga boy berilgan uchrashuvdan so'ng  intervyu bergan edi. Unda Ronaldu Messi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tgan va bu intervyu trend mavzuga aylanib ketgan edi. Oradan ko'p o'tmay Messi bu intervyuga javoban o'z fikrlarini bildirib o'tdi va «Marca» nashri bu kichik intervyuni e'lon qildi.

Ronaldu

«Yuventus»ning keyingi mavsumdagi rejalari juda ulkan. To'g'risi, sizdan yashirmayman, biz bu mavsumdagi uchrashuvlar orqali keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Biz «Skudetto»ni qo'lga kiritdik va endi xatolarimiz ustida ishlamoqdamiz. Keyingi mavsumda «Yuvetus»ning asosiy maqsadi EChLda g'olib bo'lish. Mana bir necha yillardan beri bu sovrin Turinga olib kelinmagan va bu ishni keyingi mavsumda amalga oshiramiz degan umitdaman.
“ «Barselona»ning EChLdan chiqib ketishi men uchun ham kutilmagan holat bo'ldi. Shaxsan o'zim ularni finalda o'ynashlarini kutgan edim.
To'g'ri aytasiz, men va Messi do'stona aloqadamiz. Agarda bir shaharda bo'lib qolsak albatta uchrashamiz va bu haqida e'lon qilib o'tirishni o'zimizga ep ko'rmaymiz. U yaqinda oilasi bilan Turinda bo'ldi va biz yana uchrashdik. Hol-ahvol so'rab biroz gaplashib o'tirdik. Shunda u  Italiyada to'p surish qandayligi bilan qiziqdi. Men ajoyibligini aytdim va uni «Italiya A» tseriyasiga taklif qildim. U o'ylab ko'rishini bildirib xayrlashib ketdi. Agarda Messi «Italiya A» seriyasida ko'rinish bersa  bu   A seriyaning bezagiga aylanar edi.”

Aynan shu intervyudan ko'p o'tmay, «Marsa» nashrida Messining Ronalduga bildirgan javob fikrlari e'lon qilindi.

Messi

 “Biroz oldin biz Katoloniyada to'qnash kelgandik, yaqinda Turinda ko'rishdik. Futbol jamoaviy sport turi bo'lgani uchun istalgan klubga o'tib ketishning iloji yo'q. Men Ronaldudan Italiya haqida hurmat yuzasidan va yangi joyga moslashib oldingmi degan ma'noda so'ragan edim. Uning javobi men uchun qiziq edi.  Krishning men haqimda aytgan iliq so'zlaridan hursand bo'ldim, biroq «Italiya A» tseriyasi men karieramni davom ettirishni istagan chempionat emas.”

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив