Breaking news! Umid Ahmadjonovning MOQ rahbarligidan ketishi kutilmoqda

Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatida o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda ishonchli manbalar xabar bermoqda.

Manba xabariga ko'ra, bugun Milliy olimpiya qo'mitasida yig'ilish o'tkazilgan va undan MOQning so'nggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan. Aynan shu yig'ilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko'tarilgan. Yig'ilishda qo'mita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazish taklifi kiritilgan.

Bosh Assambleya yig'ilishi tez orada bo'lib o'tishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Manbaga ko'ra, hozircha aniq nomzod bo'lmagani uchun, Assambleya yig'ilishi boshlanmay turibdi. Federatsiyalardan bu borada o'z nomzodlarini taklif qilish so'ralgan.

Eslatib o'tamiz, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o'zida O'zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Uning mazkur lavozimdan ham ketgan yoki qolgani borasida aniq ma'lumotlar yo'q.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив