Argentina termasining "Kopa Amerika-2019" musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Kopa Amerika-2019 musobaqasi uchun milliy jamoaning kengaytirilgan tarkibini tanladi.

Dastlabki ro'yxatga 32 futbolchi kirdi:

Darvozabonlar: Franko Armani («River Pleyt»), Esteban Andrada («Boka Xuniors»), Agustin Markesin («Amerika»), Xuan Musso («Udineze»), Xeronimo Ruli («Real Sosedad»);

Himoyachilar: Rentso Saraviya («Rasing Avelyaneda»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Petstselya («Fiorentina»), Valter Kannemann («Gremio»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»), Markos Akunya («Sporting»), Ramiro Funes Mori («Vilyarreal»), Xuan Foyt («Tottenhem»);

Yarimhimoyachilar: Leandro Paredes, Anxel Di Mariya (ikkisi – «PSJ»), Djovani Lo Chelso («Betis»), Eksekiel Palasios («River Pleyt»), Gido Rodriges («Amerika»), Roberto Pereyra («Uotford»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Federiko Saracho («Rasing Avelyaneda»), Gonsalo Martines («Atlanta Yunayted»), Paulo Dibala («Yuventus»), Maksimiliano Mesa («Monterrey»), Ivan Markone («Boka Xuniors»);

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lautaro Martines, Mauro Ikardi (ikkisi –«Inter»), Anxel Korrea («Atletiko»), Matias Suares («River Pleyt»).

Argentina terma jamoasining yakuniy tarkibi kelgusi haftada ma'lum bo'ladi. Amerika kubogi-2019 musobaqasi 14 iyun kuni start oladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив