MOQga yangi rahbar saylandi

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda ishonchli manbalar manbalar xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, 19:00da Milliy olimpiya qo'mitasida Bosh Assambleya ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tgan. Yig'ilishda O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan. Assambleya nomzod sifatida ko'rsatilgan Rustam Shoabdurahmonovni bir ovozdan qo'llab-quvvatlagan. 

Eslatib o'tamiz, oldinroq Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergandik. 

Ma'lumot uchun, Shoabdurahmonlv O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ob'ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash direktsiyasiga rahbarlik qilib keladi. 

O'z vaqtida Rustam Mavzurovich Toshkent shahar hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив