Runi: "MYu" futbolchilari Sulsherdan hayiqishlari kerak"

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Ueyn Runi jamoa ichidagi muhit va Sulsher haqida gapirdi.

33 yoshli futbolchining fikricha, «Yunayted» futbolchilari murabbiy Ule-Gunnar Sulsherdan hayiqishlari kerak.

«O'ylashimcha, futbolchilar murabbiy kim bo'lishidan qat'iy nazar undan hayiqishlari kerak. Sulsherdan qo'rqishlari kerak, Kerrikdan qo'rqishlari kerak. Ule kelganida avval yaxshi ishlay boshladi, ammo keyin nima bo'lganini tushunmay qoldim. Bu futbolchilarning boshqa jamoaga o'tishni istayotganlari haqidagi mish-mishlarga bog'liqmi yoki futbolchilar o'ynamay qo'yishdimi? Nima bo'lganda ham oxirgi etti-sakkizta o'yinda futbolchilar o'zlarini qo'yib yuborishdi, bu esa salbiy natijaga olib keldi», — dedi Runi.


скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив