«Barselona» de Ligt nomzodidan voz kechishi mumkin

"Ayaks" sardori Mateys de Ligt bilan muzokara olib borayotgan "Barselona" klubi uni xarid qilish fikridan voz kechishi mumkin.

Tomonlar ancha vaqtdan beri shaxsiy shartnoma borasida muzokara o'tkazishmoqda, ammo ular bir to'xtamga kela olishmayapti. Kataloniyaliklar rahbariyatiga o'yinchining agenti Mino Rayola katta miqdorda xizmat haqida so'rayotganidan tashqari, de Ligtning yuqori maosh talab qilayotgani ham yoqmayapti. Bundan tashqari, gollandiyalik himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun kafolat so'ramoqda.

Ushbu talablar "Barselona"ga ma'qul kelmayapti va o'z e'tiborini boshqa futbolchilarga qaratishi mumkin.

19 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Ayaks" safida jami 55ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив