"Manchester Siti" Saneni "Bavariya"ga sotishga tayyor

"Manchester Siti" a'zosi Leroy Sane yozda Bundesligaga qaytishi mumkin, deb yozmoqda "Kicker".

Manbaning yozishicha, "Shalke" tarbiyalanuvchisi "Bavariya"da o'ynash imkoniyatiga ega. Myunxen klubi 23 yoshli futbolchini sotib olish istagini bildirgan, o'z navbatida "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola bu taklifga ijobiy javob qaytargan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Siti" va "Bavariya" Sanening narxi borasida kelishuvga erishsa bo'ldi.

 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив