Ronaldu "Yuventus" bosh murabbiyligi uchun ikkita nomzodni taklif qildi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyligiga ikkita nomzodni taklif qildi. Bu haqda "Libero" manbasi xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi Turin klubini Anchelotti yoki Mourino boshqarishini istamoqda. Ma'lumot uchun, Ronaldu "Real"da har ikkala murabbiy qo'l ostida to'p surgan.

Anchelottining "Yuventus"ni boshqarish ehtimoli kam, chunki u ayni damda "Napoli"da ishlamoqda, qolaversa, "Milan"ning ramziga aylangani uchun milanlik muxlislarning tanqidiga uchrashi mumkin. Mourino esa ayni paytda ishsiz. 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив