"Real" Mbappeni sotib olishga tayyorlanmoqda

Madrid klubi yozda tarkibni keskin kuchaytirish uchun mablag'ga ehtiyoj sezmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Real" "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga tayyorgarlik ko'ryapti. Buning uchun esa jamoa bir nechta futbolchisidan voz kechishiga to'g'ri keladi.

"El Chiringuito" manbasining yozishicha, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Luka Modrich bilan xayrlashishga tayyor. Agar 33 yoshli yarim himoyachi uchun qulay taklif tushsa, "Real" Modrichni sotib yuboradi.

Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" rahbariyati Mbappe transferiga Modrichni qo'shishga ham qarshi emas agar "PSJ" xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirsa. So'nggi xabarlarga qaraganda, Mbappe "Real"ga 280 mln evrogacha tushishi mumkin.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив