Yakunlanayotgan mavsumning eng yodda qolarli daqiqalari haqida Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev maqolasi

Avvalo bu mavsumda Evro futbolda bir nechta katta o'zgarishlar va kutilmagan voqealar sodir bo'lgani haqida aytib o'tishimiz darkor. Bugun ana shu voqealarning eng muhimlari haqida qisqacha xotirlab o'tamiz

Ronalduning «Real Madrid»dan ketishi yoxud Madrid taxti egasiz qolib ketdi…

To'g'risi, EChL da ketma-ket 3 bor chempionlikni qo'lga kiritgan klub safini tark etish bir qarashda noo'rindek ko'ringan bo'lsada, bu qaror o'zini to'liq oqladi desak, adashmagan bo'lamiz. U ketgach «Real Madrid» o'z tarixidagi eng yomon mavsumni o'tkazdi va birorta musobaqada g'olib bo'la olmadi.  Ronaldu esa, Italiya chempionatida yo'qolib qolmadi va jamoasining o'yinlarini yanada tomoshabop va sifatli bo'lishi uchun o'z hissasini qo'shdi.  Mavsum so'ngida esa  «A seriya»ning eng yaxshi o'yinchisi deya e'tirof etildi. Krish bu ishi bilan uning iqtidoriga shubha qilgan ko'plab muxlislar uchun katta saboq berib qo'ydi. Bir qarashda EChLdagi omadsizlikdan so'ng Ronalduning Italiyadagi faoliyati ko'rimsizgina tuyulishi mumkin, biroq  u «Atletiko» bilan kechgan bahsda jamoani elkasida ko'tarib  keyingi bosqichga olib chiqdi. «Ayaks» bilan bo'lgan bahsning ikkalasida ham yarimta imkoniyatdan foydalandi va jamoaga umid olib keldi. Afasuski g'oliblik uchun umidning o'zigina  kamlik qiladi…

Erik ten Xag va uning «Qon ko'rmagan» yigitlari

Men bu murabbiy va  bu jamoaga hurmat bilan yondoshish niyyatidaman, zero ular bunga haqli. YChLga bir nechta saralash bahslaridan o'tib etib kelgan klubni chempionatda  shov-shuv ko'tarishiga futbolchilarning ota-onasidan boshqa hech kim ishonmagan bo'lsa, ajab emas. Futbolchilarning o'zlari esa shov-shuv ko'tarishganini final ostonasida sezib qolishdi va bir lahzaga g'aflatda qolishdi. Yodingizda bo'lsa Ziesh «Kroyf arena»da 2-golni kiritgach ikkita qo'lini «X» ko'rinishida muxlislarga ko'rsatgan va bu bilan raqibning taslim bo'lganini e'lon qilgan edi.

Aynan shu soniyalarda «Ayaks»  o'yin so'ngigacha qanday uslubdan foydalanishni emas, YChLda nimalar qilgani haqidagi shirin hayollarga berilib ketdi va o'zi ko'targan shov-shuvning shovqini ostida  turnirdan qanday chiqib ketib qolganini ham tushunmay qoldi. Tan olish kerak «Ayaks» «Tottenhem»dan kuchliroq edi. Birinchi bo'limda kiritilgan ikkita gol evaziga Erik ten Xag shogirtlari o'zlari yaratgan engilmas «Ayaks»ning yulduz futbolchilari obraziga tushib qolishdi va oqibatda «Shporlar» tomonidan o'z uslublarida mag'lubiyatga uchratildi!
Sahna ko'rinishi tugab,  pardalar tushirilgandagina «Ayaks» futbolchilari birinchi bo'limdan so'ng naqadar obrazga kirib ketishganini his qilishdi, biroq endi kech edi. «Tottenhem» esa «Ayaks»ning o'z uslubidan foydalangan holda ularni mag'lub etgan va final haqida orzu qilishni boshlab yuborgan edi!
Bu voqea mavsumdagi eng muhim hodisalardan biri bo'ldi. Tan olish kerak, «Ayaks» «Real Madrid» va «Yuventus» singari super klublarni engib millionlab muxlislar orttirdi, biroq  ular o'zlari bilan teng kuchli raqibga o'z xatolari evazigagina engilishgani o'ta alamli xolat sifatida «Ayaks»ning «Yulduzcha» futbolchilarining xotiralarida abadiy qolib ketsa, ajab emas

Omadli va omadsiz «Manchester Siti»ning ustozi!

Hosep Gvardiola «Shaharliklar» tepasiga kelgach yangi jamoani qurib ishga tushirdi desak, adashmagan bo'lamiz. U hamma narsani o'z falsafasiga moslab oldi. Uning futbolchilari bu mavsumda APLda chempion bo'libgina qolmay mamlakatning ikkita kubogida zafar quchishdi va bu bilan  mutloq rekord o'rnatishdi. Gvardiola o'z uslubiga tayangan holda fantastik «Liverpul»dan chempionlik poygasida ilgarilab ketdi va 14 ta uchrashuvda qatorasiga g'alaba qozonib haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritdi. Afsuski, Gvardiolaning klubga taklif etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad sanalgan EChL sovrini «Manchester Siti» uchun hali-hamon orzuligicha qolmoqda. Gvardiolaga qadar ham klub ikki bor chempionlikni qo'lga kiritgan, o'ziga yarasha tarixga ega klub edi. «Shaharliklar» muxlislari Gvardiolaning kelishi, klubga uzoq kutilgan EChLdagi g'alabani keltirishidan umidvor bo'lishgan edi. Afsuski, o'tgan mavsumda «Liverpul»dan o'ta olmagan «Man Siti» bu safar «Tottenhem» ustidan g'alaba qozonsa ham chorak finalda qolib ketdi. To'g'risi, Gvariolaning o'z falsafasiga tayangan holda APLda yaqqol fovoritga aylanganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q, biroq tanganing ikki tomoni bo'ladi deganlaridek uning EChLdagi omadsizligini ham inobatga olib o'tishni joiz deb topdik.

Gvaridiola juda kuchli va biroq EChL borasida biroz omadsiz mutaxassisligicha qolmoqda. Uning «Barselona»dagi g'alabalarini «Messining fantastik o'yinisiz qo'lga kirita olmas edi» degan fikr tobora o'zini oqlab borayotgani kishini biroz xafa qilmoqda.

«Barselona»ning o'ta alamli va shubxali mag'lubiyati…

Maqolaning bu qismini olib qolish yoki o'chirib yuborish haqida ko'p o'yladim va uni qoldirishga jur'at etdim. Har xolda bu maqolani o'z blogim uchun yozdim va uning kamchiliklari uchun saytimiz emas, faqat o'zim javobgarman.

Birinchi bahsdagi 3 : 0 hisobidagi g'alabadan so'ng, 99% muxlislar finalda «Barselona» o'ynashiga amin bo'lishgan edi. Buni qarangi «Liverpul» Salah va Firminosiz APL klublarini yutish uchun katta kuch sarflasada, «Barselona»ni ularning yordamisiz ham 4 : 0 hisobda mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. To'g'risi, juda bahsli holat. Kimdir bu g'alabada «Liverpul»ning ishtiyoqi bosh rolni ijro etdi desa, yana kimdir «Barselona» bunday fokus( Roma, PSJ jamoalariga qarshi kechgan bahslarni eslang) ular uchun begona emas ekanligini darrov payqashdi. Har bir insonning o'z tanlov huquqi bor. Shaxsan meni o'sha uchrashuvdagi «Barsa» futbolchilarining o'zlarini tutishi hayratda qoldirdi. Mayli tafsilotlarga to'liq to'xtalish niyatim yo'q, shu sabab kichik bir faktni keltirib o'taman. Rossiyada sport blogeri sifatida ishlab kelayotgan bir do'stimning aytishicha, «Barselona»ning YChLda g'olib bo'lishi evaziga oladigan mukofot puli Tottolizator kompaniyalarida aylanadigan pullarning oldida shunchaki «choy ichib» qoladi va klublar buni bizdanda yaxshi bilishadi. Bu mavzuga shu erda nuqta qo'ymoqchiman, sababi shunchaki farazga suyangan xolda isbot va dalilsiz «Barselona»ni ayblashimiz noo'rin. Shunday bo'lsada, ushbu uchrashuv   qariyib 14,6 million insonning umumiy xisobda 1 milliarddan ziyodroq pulni  Bukmekerlik idoralarida boy bergani bilan yohud «Liverpul»ning aql bovar qilmas darajada  90 daqiqa  davomida ko'rsatgan qahramonligi bilan futbol tarixidagi eng daxshatli kambek sifatida yodimizda  abadiy qoldi.

Hamma o'zi to'g'ri deb bilgan haqiqatga ishonishi mumkin va har bir inson  bunga xaqli!
                                                                                                                

                                                                                                                  Bernard Shou


«Millatlar Ligasi» musobaqasi o'z bo'yidanda balandga sakradi!

Bu turnirning formati va uning uzoq davom etishini inobatga olgan ko'plab mutaxassislar  turnir zerikarli o'tishini taxmin qilishgan edi. Buni qarangki, hammasi boshqacha tus oldi va bu turnir yakuniga yaqinlashgani sari auditoriyasi kengaygandan kengayaverdi. Eng quvonarlisi shundaki, bu turnirda fovorit yoki autsayder tushunchasi deyarli ishlatilmadi. Sababi, guruhlarda teng kuchli raqiblar to'qnash kelishdi va bu omil uchrashuvlarning tomoshabop bo'lishini ta'minlab berdi.  Mavsumda o'zining ilk g'olibini aniqlovchi turnirning yarim finaliga etib kelgan Angiliya, Shvetsariya, Gollandiya, Portugaliya terma jamoalari g'alaba uchun bor kuchi bilan jang qilishi aniq. Yarim final uchrashuvlari 5-6 - iyun sanasida bo'lib o'tsa, 3-o'rin uchun bahs va final o'yinlari 9- iyunga belgilangan. Bu mavsumda yakuniga etadigan debyutant turnir o'ziga bildirilgan ishonchni to'liq oqladi va mavsumning ko'ziga ko'rinadigan voqealaridan biri bo'ldi desak, umid qilamizki adamashmagan bo'lamiz!

Ya . U

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив