O'zbekiston U-19 bosh murabbiyi Otabek G'o'lomxo'jaev: «Qachongacha nomdan cho'chiymiz»

Xabaringiz bor, ertaga O'zbekistonU 18 terma jamoasi Berlin U 18 tenqurlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston U-19 bosh murabbiyi Otabek G'o'lomxo'jaev va jamoaning ikki etakchisi Jasur Jaloliddinov va Abduvoxid Ne'matov qatnashdi.

Otabek Ho'lomxo'jaev: O'yinga tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Yigitlar o'yinga tayyor.Faqat bir narsani oldindan aytib qo'ymoqchiman bu jamoa qanday futbol ko'rsatadi bilmayman. Ular haqida ma'lumotlar ham kam. Biz ertaga o'z futbolimizni ko'rsatamiz. Ertaga natija uchun emas chiroyli futbol uchun o'ynaymiz. Natija esa asosiy bosqchilarda bo'ladi. Hozirgi kunda jamoamizning bir nechta futbolchilari Superligada asosiy tarkibda o'ynashmoqda. Ularning ham tarkibini qarab chiqdim. “Gerta” safida o'ynaydigan ikki futbolchisi ham bor, ammo ular yoshlar tarkibida o'ynaydimi asosiydami bilmayman. Lekin ular Evropa havosidan nafas olgan. Barchasini ertaga o'yin ko'rsatadi. Umid qilaman ertaga muxlis bop futbol bo'ladi.

Hozirgi kunda meni qiynayotgan narsa jamoada markaziy himoya chizig'ida raqobat yuq. Manimcha bu O'zbekistonning og'riqli nuqtasi bo'lsa kerak. Qolgan barsa narsalardan ko'nglim to'q.

Germaniya? Nima qibdi qachongacha nomdan cho'chiymiz. Bo'ldida endi ular ham O'zbekiston deganda qo'rqib turishsin.

 

Jasur Jaloliddinov: Meni birinchi bo'lib “Bunyodkor”ga jalb qilgan inson ham aynan Otabek aka bo'ladi.Navoiyda o'ynab yurgan vaqtimda Otabek aka “Bunyodkor”da o'ynab ko'r, omadingni sinab ko'r deganlar. O'shandan buyon Otabek aka maslahatlar berib turadi. Otabek aka otamdek bo'lib qolgan. Terma jamoada Otabek akani murabbiy bo'lgani ham men uchun omadli bo'ldi deb o'ylayman.

Men bu jamoadagi bollarni avvaldan bilaman. Bu yigitlar bilan nimagadir erishishga ko'zim etadi.

Abduvoxid Ne'matov: Nasib qilsa ertaga chiroyli futbol ko'rsatib g'alaba qozonamiz. Murabbiylarni ishonchini oqlayotganimdan xursandman. Mehnat qilishdan to'xtamayman.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив