Mario Gyottse: "Klopp mashg'ulotlarda qattiq so'kishi, ammo keyin "ishlar qalay?" deb hol so'rashi mumkin"

"Borussiya" D yarimhimoyachisi Mario Gyottse sobiq ustozi Yurgen Klopp portretiga chizgilar chizdi.

"Klopp mening birinchi murabbiyim bo'lgan va u menga birinchi bo'lib ishonch bildirgan hamda 17 yoshimda debyut qilishimga yordam bergan inson. Uning "Liverpul"da ishlayotganini va OAV bilan o'zini tutishini kuzatish qiziq.

U to'g'riso'z, istaganini gapiradi. Ammo ko'pchilik maydon chetida turadigan Kloppni bilishadi. Ammo uning jiddiy tomonlari ham bor.

17-18 yoshimda mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlamagan vaqtim u qo'rqinchli tusga kirardi. U oldimga kelib, yuzimga qichqirardi. Nemischadan tarima qilolmayman, ammo man'nosi shu: "Yaxshiroq ishla! Kuchingni sarfla! Bo'l, #####!".

Mashg'ulotdan so'ng esa, mutlaqo xotirjam, yoningga o'trib, "Mario, qalaysan? Kel, hayot haqida gaplashamiz. Ishlar qalay?" deb so'rar edi.

U meni qanday boshqarishni bilar edi. U kuchli murabbiy, ammo mening o'sha yoshimdagi futbolchilar bilan qanday ishlashni bilar edi. Men hech qachon u kabi tabiiy qiziq murabbiyni uchratmaganman.

U bilan Dyusseldorfda uchrashganimni hech qachon unutmayman. U soch ko'chirib o'tkazuvchi mutaxassis bilan uchrashishga tayyorlanayotgan vaqt. Germaniyada hamm shuni muhokama qilgan payt. Ammo u hech narsaga e'tibor bermasdi. U jilmayib, mendan keyin qanday ko'rinishi mumkinligini so'rar edi.

Ketayotgan vaqtida ko'zini qisib: "Mario, tashvishlanma, senga raqamini olib kelib beraman" dedi. Men "Nima?" deb so'radim. U: "Shifokorning raqamini. Sen uchun yozib olaman. Bir necha yildan so'ng senga asqotishi mumkin" degan edi", - deb yozadi Gyottse o'z kolonkasida.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив